Dasturchi uchun intervyuga tayyorlanish ishni boshlashdagi eng asosiy qadamlardan biri hisoblanadi. Hozirda internet tarmog‘idan juda ko‘p ingliz va rus tillarida ko‘plab ma’lumot topish mumkin, ammo o‘zbek tilida bu ma’lumotlar deyarli mavjud emas. Ushbu kamchilikning o‘rnini to‘ldirish maqsadida mazkur ishni boshladim va umid qilamanki, bu davomiy bo‘ladi. Buning uchun esa siz ham o‘z hissangizni qo‘shishingiz mumkin.
Ushbu qilinayotgan ish davomiy bo‘lishi bilan birga sifatli bo‘lishini ham istar edim. Sifatli bo‘lishi uchun esa quyidagi qoidalarni inobatga olishingiz so‘raladi!
-
Branchlar bilan ishlang va bunung uchun The Standard Team qoidalariga amal qiling!
-
Fayllarni Markdown shaklda oching va Markdown sintaksisdan foydalaning.
-
O‘zbek tilida yozganda imloviy hamda grammatik xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qiling.
-
Asosiy kalit so‘zlarni to‘g‘ridan tarjima qilmang. Tarjima qilingan so‘zlar asl ma’nosini yo‘qotmasligi kerak!
- Telegram Chat guruhga o'tish
- The Standard Team
- Markdown YouTube video
- Markdown sintaksis Markdown documentation
- Savodxon O‘zbek tilida imloviy va grammatik xatolarsiz yozish
- Template Author Richard Callaby