Birinchi mikrokompyuterlar yoki umuman miktoprotsessorlarning qanday ishlashini o'rganmoqchi bo'lsangiz unda ushbu konstruksiya siz uchun ayni muddao. Konstruksiya uchun barcha kerakli ehtiyot qismlarni O'zbekiston sharoitida muammosiz topishingiz mumkin. Shuningdek 3D printerda chop etish uchun modellar ham biriktirilgan.
Youtube video: https://www.youtube.com/watch?v=Z8Tm94-23g4
- Atmega328
- UART to USB
- LCD16x2
- Matritsali klaviatura
Qurilmada instruksiyalardan foydalanishi uchun 1024Kb dinamik xotira ajratilgan, hozircha dasturlarni ma'lum bir xotiraga saqlash va xotiradan qayta yuklash imkoni mavjud emas (Keyingi versiyalar uchun shinalar bilan ishlash va fayl strukturasi qo'shish rejalashtirilgan).
Har bir seksiyalar to'rt qismdan o'qish va yozish uchun mo'ljallangan:
0x0000: 00 00 00 00
Bunda 0x0000
xotira manzili, 00 00 00 00
xotira manzilida yozilgan ma'lumotlar hisoblanadi.
Misol: 0x0000: 01 41 0f 00
Manzil - 0x0000, qiymat - 01 // A registerga ma'lumot kiritish
Manzil - 0x0001, qiymat - 58 // ASCII jadvali bo'yicha A registerga kiritilgan X harfi
Manzil - 0x0002, qiymat - 0f // A registerdan ekranga chiqarish
Manzil - 0x0003, qiymat - 00 // Program counterni tiklash (sikldan chiqish)
- Ishga tushirish:
0xffff
- Qayta ishga tushirish:
0xfffb
- Ekranni tozalash:
0xfffa
- Xotira manzilidan o'qish:
0xfffc
- UART orqali ma'lumotlarni o'qish:
0xfffd
- Ma'lumotlarni UART orqali saqlash:
0xfffe
Barcha instruksiyalar bilan instruction_set fayli orqali tanishingiz mumkin. Shuningdek samples papkasida bir necha misollar ham ko'rsatilgan.
Kerakli dasturlarni assembler orqali odatiy matn muharrirda yozib compiler.php dasturi orqali mashina kodiga o'girishingiz va qurilmaga yuklashingiz mumkin. Bu uchun mikrokompyuterdan fffd
buyrug'i orqali yuklash rejimiga o'tish lozim.